Lionel Messi "Betis"ga qarshi o'yinda ishtirok etadimi?

Alisher
21 avg 2019, 13:10
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi jarohatidan so'ng mashg'ulotlarga kirishdi va to'p bilan ishlamoqda.

Xabar berilishicha, argentinalik o'yinchi seshanba kuni individual mashqlarni boshlab yuborgan va tez orada umumiy guruhdagi mashg'ulotlarni boshlashi kutilmoqda.

Uning La Liga 2-tur "Betis"ga qarshi o'yinda ishtirok etish yoki etmasligini juma va shanba kungi mashg'ulotlar ko'rsatib beradi.

Bu o'yinda "Barselona" hujumchisi Luis Suaresning ham ishtirok etolmasligi ma'lum bo'lib ulgurdi.

Eslatib o'tamiz, "ko'k-anorranglilar"ning "Betis"ga qarshi o'yini 25 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es.