"Lion" Paketani "Nyukasl"ga 40 million evroga sotmadi

Alisher
22 dek 2021
"Lion" "Nyukasl"ga yarim himoyachi Lukas Paketani sotmadi.

"Lion" rahbariyati taklifni o'rganib chiqdi, ammo futbolchining o'zi jamoasini o'zgartirmasligini ma'lum qilganidan so'ng rad javobini berdi.

"Nyukasl" shu bilan birga Paketa uchun yiliga 10 million evro, aniqrog'i hozirgi maoshidan 2,5 baravar ko'p to'lashga tayyor edi.

Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum "Lion" tarkibida 21ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Le10sport