"Lion" jahon chempionini o'z safiga qo'shib olishga yaqin

Omonjon To`xtamirzayev
23 avg 2023, 14:21
"Betis" yarim himoyachisi va Argentina termasi futbolchisi Gvido Rodriges faoliyatini "Lion"da davom ettirishi mumkin.

Xabar qilinishicha, tomonlar kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Francuz klubi o'yinchi transferi uchun 8 million evro berishga tayyor.

O'tgan mavsum Rodriges 44 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 9 ta sariq kartochka ishlab oldi. 29 yoshli argentinalikning "Betis" bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. 

"Transfermarkt" poratli futbolchi transferini 28 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: footmercato.net