"Lion" Denayerni transferga qo'ydi

Alisher
10 yanv 2022, 16:44
"Lion"ga ortiq markaziy himoyachi Jeyson Denayer kerak emas.

Fransiya klubi futbolchining yanvardagi transferi borasida har qanday taklifni eshitishga tayyor.

Bunga sabab 26 yoshli belgiyalik bilan yangi shartnoma imzolashdagi muvaffaqiyatsizlik bo'ldi, u oyiga 400 ming evro maosh talab qildi. Bunga qaramay, Denayerning o'zi Fransiyada qolishni xohlaydi, "Lion" esa uni sotuvga qo'ydi.

Denayerning bozor narxi 20 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe