Lingard: "MYUning maqsadi - sovrinlar yutish"

Mirjalol Normatov
25 dek 2019, 22:41
"Manchester Yunayted" futbolchisi Jessi Lingardning aytishiga ko'ra, jamoa ushbu mavsumda sovrinlar yutishni istamoqda.

"Ko'plab turnirlarda ishtirok etamiz va "Manchester Yunayted" har doim sovrinlar uchun ovga chiqadi. Bizda qandaydir sovrinlarni yutish borasida vazifa qo'yilmagan.

Ayni damda 4 turnirda ishtirok etyapmiz va ularda g'alabaga erishishni istaymiz. Bu asosiy maqsad", - dedi Lingard.

"Manchester Yunayted" ayni damda Yevropa ligasi pley-off bosqichiga chiqqan bo'lsa, APLda 8-o'rinda ketmoqda. Angliya Liga Kubogi va Kubogida esa kurash davom etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal