"Lill" Osimxen bo'yicha 85 millionlik taklif oldi

Alisher
2 may 2020, 18:21
"Lill" hujumchisi Viktor Osimxen ko'plab Yevropa klublarining qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

Xabarlarga ko'ra, francuz klubi 21 yoshli o'yinchi borasida ilk taklifni qabul qildi.

Nigeriyalik futbolchi uchun 85 million evro (bonuslar bilan birga)lik taklif tushdi. Qaysi klub buncha pul taklif etgani ma'lum qilinmayapti.

Osimxenga shuningdek "Real", "Chelsi", "Inter" va "Liverpul" klublari qiziqmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Telefoot