"Lids" "Chelsi" a'zosiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
28 okt 2022
Amerikalik futbolchi klubini o'zgartirishi mumkin.

"Chelsi" yarim himoyachisi Kristian Pulishich "Lids"ning qiziqishlari doirasida. Bu haqda "Fichajes" xabar bermoqda.

"Ko'klar" bosh murabbiyi Grem Potter 24 yoshli vingyerdan qanot himoyachisi sifatida foydalanmoqda. Bu esa amerikalik o'yinchiga yoqmayapti. U boshqa klublardan kelgan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Pulishichning "Chelsi" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 42 million evroga baholamoqda.

Pulishich joriy mavsum "Chelsi" safida APLda 10 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes