"Lids" "Arsenal"ning hujumchi Rafinya borasidagi taklifini rad etdi

Alisher
22 iyun 2022, 17:10
"Lids" "Arsenal"ning Rafinyaning transferi borasidagi taklifga rad javobini berdi.

"To'pchilar" braziliyalik borasida seshanba kuni kechqurun taklif berishdi, ammo u "Lids" talablariga to'g'ri kelmadi va rad javobi berildi.

"Barselona" ham Rafinya bilan shartnoma imzolashga urinmoqda.

Futbolchi o'tgan mavsum "Lids" tarkibida 36ta o'yinda 11ta gol va 3ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic