

Unda Braziliya klublari “Flamengo” hamda “Atletiko Paranaense” klublari o'zaro to'qnash keldi. Finalda Gabriel Barboza raqib darvozasini ishg'ol etib, “Flamengo”ga mazkur musobaqadagi uchinchi titulni olib keldi. Raqiblar tarkibida Pedro Enrike 1-taym oxirlarida ikkinchi sariqni olib, maydondan chetlatildi. “Atletiko Paranaense”ni 2022 yil mayidan beri Luish Felipe Skolari boshqarib kelmoqda.
Rio-de-Janeyro jamoasi 1981 hamda 2019 yillarda ham Livertadores kubogi sohibiga aylangan va o'tgan yil finalda “Palmeyras”ga imkoniyatni boy bergandi.
Eslatib o'tamiz, musobaqadagi eng ko'p titulni “Independente” (Argentina) qo'lga kiritgan – 7 ta.
"Flamengo" Braziliya – "Atletiko Paranaense" Braziliya 1:0 (1:0, 0:0)
"Estadio Monumental Isidro Romero Carbo"
Gol: 1:0 – 45 Gabriel Barboza.
"Flamengo" – Santos, Rodiney, David Luiz, Leo Pereyra, Filipe Luis (Ayrton, 20), Everton Ribeyro, Gomes, de Arraskaeta (Gomes Silva, 84), Tiago Mayya (Vidal, 71), Gabriel Barboza (Everton, 84), Pedro.
"Atletiko Paranaense" – Bento, Xelven, Tiago Eleno, Pedro Enrike, Abner, Fernandino, Aleks Santana (Piaui, 46), Bueno (Kanobbio, 57), Ugo Moura (Terans, 75), Vitino (Romulo, 57), Ferreyra (Pablo, 65).
Ogohlantirishlar: Pedro Enrike (28), Aleks Santana (43), de Arraskaeta (68), Romulo (73), Vidal (75).
Chetlatish: Pedro Enrike (43).







