"Li Man" bosh murabbiyi Chan Xiu Ming: "Tashkil topganimizga 4 yil bo'ldi, biz Osiyoga o'zimizni tanita oldik"

Narzulla Saydullayev
20 okt 2021, 22:00
OFK kubogi yarim finalidan o'rin olgan "Nasaf" - "Li Man" (3:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Chan Xiu Ming va eng yaxshi futbolchi Jivanilton Ferreyra ishtirok etdi.

"Uchrashuv ancha qiziqarli o'tdi. "Nasaf"ni haqli g'alaba bilan tabriklayman. Raqibimiz bugun o'zining yaxshi tomonlarini namoyish etdi. Agar bugun tezkor gol o'tkazib yubormaganimizda balki finalga chiqarmidik. Bunga ko'pchilik ishonmasligi mumkin, ammo tanaffusdan keyin ko'pchilik hisob yirik bo'ladi deb o'ylagandi.

Agar to'qnashuv uy-safar tizimida o'tganida vaziyat boshqacha bo'lardi. Aslida hal qiluvchi bosqichlarni uy-safar tarzda o'tkazish tarafdoriman, shunga qaramay "Nasaf"ni g'alaba bilan muborakbod etaman.

Rejamiz aniq edi: Himoyada ishonchli o'ynash va qarshi hujumda imkoniyatimizni kutish. Biroq tezkor o'tkazgan golimiz rejamizga ta’sir qildi.

"Li Man" klubi tashkil topganiga 4 yil bo'ldi. Mana shu qisqa davrda Osiyoga o'zimizni tanita oldik, - dedi Chan Xiu Ming.




"Bugun juda yaxshi jamoaga qarshi to'p tepdik. Yarim finalda oson raqib bo'lmasligini bilardik. Maydonda qo'limizdan kelganicha o'ynadik. Bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman. Oilamga ham rahmat", - Jivanilton Ferreyra.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia