

"Umid qilamanki, bu safar o'tgan safargidek hakam qo'polliklarni ko'rmay qolmaydi. Shotlandiya bilan bo'lgan dastlabki o'yinda Griraning qo'polligidan so'ng men yugurolmay qolgandim. Endi hakam ko'zlarini kattaroq ochadi deb o'ylayman. O'tgan o'yindagi vaziyatda aynan hakam aybdor bo'lgandi. Agarda shotlandiyalik himoyachilar yana shunday harakat qilishsa, unda sariq kartochka bilan siylanishlari kerak. Shunda biz ham keyin pressingni oshiramiz", - deydi Levandovski.



