Levandovski, Shchensni, Milik - Polsha Evro-2024 uchun kengaytirilgan tarkibini e'lon qildi

Оқил Абдубарноев
30 may 2024, 00:34
Polsha terma jamoasi Evro-2024 uchun dastlabki tarkibini e'lon qildi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Mixal Probej Yevropa chempionatida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lgan 29 nafar futbolchi nomini aytib o'tdi. Ular bo'lajak o'rtoqlik o'yinlariga chaqirilgan. 7 iyungacha ulardan 26 nafari yakuniyy ro'yxatda qoladi.

Darvozabonlar: Voychex Shchensni (Yuventus), Lukash Skorupski (Bolonya), Marchin Bulka (Nicca), Oliver Zix (Pushha);

Himoyachilar: Yan Bednarek (Sautgempton), Bartosh Bereshinski (Empoli), Pavel Boxnevich (Xerenven), Pavel Davidovich (Verona), Yakub Kiver (Arsenal), Timoteush Puxach (Kayzerslautern), Bartosh Salamon (Lex), Sebastyan Valyukevich (Empoli);

Yarim himoyachilar: Pshemislav Frankovski (Lans), Kamil Grosicki (Pogon), Yakub Moder (Brayton), Yakub Petrovski (Ludogorec), Taras Romanchuk (Yagelloniya), Bartosh Slish (Atlanta Yunayted), Damyan Shimanski (AEK), Sebastyan Shimanski (Fenerbaxche), Mixal Skuras (Bryugge), Kacper Urbanski (Bolonya), Nikola Zalevski (Roma), Petr Zelinski (Napoli);

Hujumchilar: Adam Buksa (Antalyaspor), Robert Levandovski (Barselona), Arkadiush Milik (Yuventus), Kshishtof Pentek (Istanbul), Karol Sviderski (Verona).

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: pzpn.pl