Levandovski: "Real"ga o'tish borasidagi savollar yakunlandi"

Aslanov Jasurbek
31 avg 2016, 16:10
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski yana bir bor "Real"ga o'tish uning rejalariga kirmasligini aytdi.

"Aslida bu savol meni qiziqtirmagan edi. Xizmatlarimga qiziqish bildirayotgan klublar haqida har kuni eshitishga majbur emasman. Bundan tashqari, "Bavariya" meni transferga qo'ymasligini rasman e'lon qildi. Shu sababli "Real"ga o'tish borasidagi savollar yopildi. Boshqa tomondan Karlo Anchelottidek mutaxassisning ishonchi men uchun katta ahamiyatga ega. Anchelotti klub meni sotmasligi kerakligi haqida aytganidan faxrlanaman" - deydi Levandovski.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild