Levandovski "Oltin to'p" haqida: "Ovoz berish jarayonida siyosat aralashmasligiga umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
5 okt 2021, 23:11
Polshalik futbolchi "Oltin to'p" haqida gapirdi.

"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski "Oltin to'p" borasida gapirar ekan, barchasi maydondagi harakatlarga qarab baholanishi va siyosiy qarorlar vaziyatni hal qilib qo'ymasligiga umid qilmoqda.

"Tushunaman, klub yoki termadagi har bir o'yin meni ushbu ro'yxatda yuqoriga ko'taradi. Oxirgi ikki yilda juda ko'p sovrinlar yutdim. Shu sabab, "Oltin to'p" haqida ham o'ylasam bo'ladi.

Ovoz berish jarayonida siyosat aralashmasligiga va faqat maydondagi harakatlar uchun baho berilishiga umid qilaman", -deydi Robert Levandovski.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bayern & Germany