Levandovski nimaga APLda o'ynashni istamaydi? Sobiq agent bunga javob berdi

Aziz Tukhtamuradov
16 iyun 2022, 09:54
Robert Levandovskining sobiq agenti Cezari Kuxarski polshalik futbolchi nima uchun Angliyada o'ynashni istamasligini aytdi.

"Nima uchun Angliya emas? Buni muhokama qilganmiz. Robert bir necha marotaba bolalarcha, Angliyada tez-tez yomg'ir yog'ishini tushuntirganini eshitardim. 

Ammo o'ylashimcha, buning haqiqiy sababli, u Germaniyadagi kabi samarali bo'la olmasdi. Robert shundan qo'rqardi", - dedi sobiq agent. 

Bungacha Levandovskiga MYU va "Chelsi" tomonidan qiziqish borligi haqida bir necha marotaba xabar berilgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: SPORT1.DE