Levandovski ketma-ket 10-o'yinida gol urdi

Aziz Tukhtamuradov
29 mar 2021
Polsha JCH-2022 saralashi doirasidagi o'yinda Andorra terma jamoasini mag'lubiyatga uchratdi (3:0).

Gollardan ikkitasiga Robert Levandovski mualliflik qildi. 

32 yoshli polshalik futbolchi ketma-ket 10-o'yinida raqiblar darvozasini ishg'ol etdi. U ushbu o'yinlar ichida Polsha terma jamoasi va "Bavariya" uchun 16 ta gol urgan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta Sports