Levandovski Gerd Myullerning natijasini takrorladi

Eldor Akmurzayev
20 mar 2022
Germaniya chempionati 27-turida “Bavariya” o'z maydonida “Union Berlin”ni yirik (4:0) hisobda taslim etdi.

Mezbonlar forvardi Robert Levandovski uchrashuvda dublga erishib, joriy musobaqadagi gollari sonini 31 taga etkazib oldi. Polshalik Bundesligada besh mavsum davomida 30+ to'p kiritib, Gerd Myullerning natijasini takrorladi.

Shuningdek, bir mavsum davomida 30 va undan ortiq gol urish yana besh futbolchiga nasib etgan hamda ular buni faqatgina bir marta qayd etishgan: Per-Emerik Obameyang, Diter Myuller, Yupp Xaynkes, Lotar Emmerix va Uve Zeeler.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: OptaFranz