Levandovski: "Bavariya"dan ketaman, sababi..."

Alisher
7 iyun 2022, 11:03
"Bavariya" forvardi Robert Levandovski nega Myunxen klubidan ketishga qaror qilganini aytdi.

"Ketaman, sababi hayotimda ko'proq his-tuyg'ularni tuyishni xohlayman. Ular meni oxirigacha eshitishni xohlashmadi. Men bilan hammasi joyida emas. Bu bilan yashash imkonsiz. Hatto professional bo'lishni xohlasang ham, sen buni yashira olmaysan", - deydi Levandovski.

Oldinroq xabar berilganidek, 33 yoshli polyak "Barselona" bilan uch yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

Levandovskining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: 90min