Levandovski: "Bavariya"dagi davrim tugadi. Ortiq bu yerda o'ynashni xohlamayman"

Оқил Абдубарноев
30 may 2022, 20:26
Polshalik hujumchi Robert Levandovski ortiq "Bavariya"da o'ynashni istamasligini aytdi.

"Bavariya"dagi davrim tugadi. "Bavariya" jiddiy klub va ular meni ushlab turmasliklariga ishonaman. Ortiq bu yerda o'ynashni xohlamayman.

Transfer - eng yaxshi echim. Umid qilamanki, ular meni bu qarorimdan to'xtatmaydilar", - dedi polshalik hujumchi.

Joriy mavsumda Levandovski “Bavariya” safida barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 46 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano