Levandovski - "Barselona"ning XXI asrdagi rekordchisi!

Mirjalol Normatov
24 sen 2023, 12:50
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski jamoa tarkibidagi dastlabki 50 o'yinida 35 gol urdi.

Bu ushbu klubning XXI asrdagi eng yaxshi natijasi hisoblanadi. Ikkinchi o'rinda Samuel Eto’O turibdi. Afrikalik hujumchi "Barsa"dagi ilk 50 o'yinida 33 gol urgandi.

Levandovski "Barselona"ga o'tgan yil yozida o'tgan va 4 yillik shartnoma imzolagandi. U ushbu mavsumda 6 o'yinda qatnashib, hisobida 5 gol va 3 assist yozdirib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal