Levandovski "Barselona" safida o'ziga xos natija qayd etdi

Omonjon To`xtamirzayev
25 sen 2023, 11:29
"Barselona" va Polsha termasi hujumchisi Robert Levandovski "ko'k-anorranglilar" safida 50 o'yinda 35 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Bu kataloniyaliklar uchun XXI asrdagi eng yaxshi natija.

Avvalgi rekordchi Samuel Eto`O edi. Kamerunlik 50 o'yinda 33 ta gol urishni uddalagandi.

Eslatib o'tamiz, Levandovski "Barselona"ga 2022 yil yozida o'tgandi. Uning shartnomasi 4 yilga mo'ljallangan. Ushbu mavsum 35 yoshli forvard 6 ta uchrashuvda 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma etkazib berib, 2 bor sariq kartochka oldi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: barcanewsnetwork.com