Levandovski 2 yildan buyon ilk marta penaltidan gol ura olmadi

Aziz Tukhtamuradov
6 fev 2021, 07:52
"Bavariya" futbolchisi Robert Levandovski Bundesliganing 20-turida "Gerta" darvozasiga penaltidan gol ura olmadi.

Berlin klubi darvozaboni Rune Yarsteyn to'p yo'nalishini to'g'ri topa oldi va polshalik hujumchining zarbasini qaytardi. 

Bu orqali Levandovski 2019 yilning 27 yanvaridan buyon ilk marotaba 11 metrlik nuqtadan gol kiritishda xatoga yo'l qo'ydi. O'shanda u "Shtutgart" bilan o'yinda penaltini golga aylantira olmagandi. 

O'shandan keyin Robert klub va terma jamoa safida penaltidan 17 ta gol kiritdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta Sports