

Angliyaliklar Koventri Sitining yetakchilaridan biri Jorj Tomasni o'z saflariga qo'shib olishdi.
20 yoshli Uels yoshlar terma jamoasi a'zosi "tulki"lar bilan uch yillik shartnomaga imzo chekdi. Transfer summasi oshkor etilmayapti.
O'tgan mavsum Tomas Koventri safida 36 o'yinda maydonga tushib 9 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilishga erishdi.



