"Lester" "Old Trafford"da durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
1 may 2016, 19:55
Angliya premer-ligasining 36-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Lester" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida o'ng qanotdan Antonio Valensiya jarima maydoniga to'pni havolatib uzatdi, himoyachilar taqibidan chetda qolgan Marsyal osonlik bilan Kasper Shmeyxel qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi - 1:0.

17-daqiqada Drinkuoter jarima to'pini amalga oshirdi, Ues Morgan boshi bilan De Xea qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi - 1:1. 

86-daqiqada Drinkuoter qizil oldi, u jarima maydoniga kirib ketayotgan Depayni yiqitgani uchun ikkinchi sariqni oldi va maydonni tark etdi.


"Manchester Yunayted" - "Lester" 1:1

MATNLI TRANSLYATSIYA

Gollar: Marsyal 8, - 1:0. Morgan 17, - 1:1

Manchester Yunayted – De Xea, Blind, Smolling, Roxo, Valensiya, Lingard (Mata, 62), Fellayni (Ander Errera, 76), Kerrik, Marsyal, Runi, Reshford (Depay, 82).

Lester –
   Shmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Xut, Drinkuoter, Kante, Maxrez (King, 88), Shlupp (Olbrayton, 77), Okadzaki (Grey, 67), Uloa.

Ogohlantirishlar: Lingard 52, Kerrik 57, Drinkuoter 58, Runi 67,

Chetlatish: Drinkuoter 86



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia