"Lester" "Inter" asosiy himoyachisini xarid qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
26 sen 2022, 11:00
"Lester" "Inter" va Germaniya terma jamoasi himoyachisi Robin Gosensga qiziqish bildirmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, Angliya klubi qishki transfer oynasida futbolchini sotib olmoqchi. 

Milanliklar yaxshi taklif tushsa, futbolchini sotishi mumkin.

28 yoshli Gosens joriy mavsum "Inter" safida 8 ta o'yin o'tkazishga ulgurdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: FC Inter News