Lempard: "Pulishich yaxshi holatda"

Mirjalol Normatov
28 noya 2020
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard hujumchi Kristian Pulishich haqida gapirdi.

Forvard tizzaosti sohasidan olgan jarohati sababli tiklanish davrini o'tkazayotgandi. Endi esa u "Tottenxem"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin.

"Kristian yaxshi holatga kirib bormoqda. U asosiy tarkibda o'ynashi mumkin. Biroq barchasi so'roq ostida qolmoqda. Hozirda biz uni mashg'ulotlar orqali oldingi holatiga qaytarishni rejalashtiryapmiz", - dedi Lempard.

Ushbu mavsumda Pulishich "Chelsi" tarkibida 5 o'yinda 1 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal