Lempard: "O'yin 1:0 hisobida yakunlanishi kerak edi"

Mirjalol Normatov
16 dek 2020, 03:12
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard "Vulverxempton"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Qattiq hafaman. O'yinni 1:0 hisobida yakunlashimiz kerak edi. O'yining unchalik qovushmayotgan paytda bunday qarshi hujumlardan gol o'tkazib yubormaslik kerak.

O'yin natijada aks etyapti. So'nggi paytlarda yigitlar juda yaxshi o'yin ko'rsatayotgandi. Shunda yigitlar: "Demak, biz yaxshi o'ynayapmiz", - degan xayolga borishdi. Bazida shunday o'ylardan keyin shunday ishlar sodir bo'laveradi.

Bu APL. Yaxshi o'ynamasang, yutqazaverasan", - dedi Lempard.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal