Lempard Jiruning kelajagi haqida gapirdi

6 yanv 2020, 09:46
“Chelsi” murabbiyi Olivening ketishi haqida gap ochdi.

“Jiru haqida hozircha hech qanday yangilik yo'q. Biroq men u bilan gaplashdim. Agar u “Chelsi” uchun o'ynashni va foyda keltirishni istasa, biz buni bajonidil qabul qilamiz. U bizga foyda keltiradi. Jiru borasida aniq taklif tushsa, ko'ramiz nima bo'lar ekan. Hammamiz birgalikda hal qilamiz”, - deydi Lempard.

Eslatib o'tamiz, Jiruning qishki transferlar vaqtida “Inter”ga o'tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: FootballHD