Lempard: "Chelsi" rahbariyati Villianni saqlab qolish uchun barcha narsani qildi

Alisher
8 avg 2020, 14:24
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard Villianning jamoadan ketishi haqida gapirdi.

"Villian ayni damda bizning o'yinchimiz. U jarohat olgan, bu Angliya Kubogi finalida sodir bo'lgan edi, o'yinni o'tkazib yuboradi, ammo u "Bavariya"ga qarshi bahsda harakat qilish uchun bor kuchini berardi.

U bu yerda 7 mavsumdan beri o'ynaydi va jamoa bilan muvaffaqiyatlarga erishgan. Mavsum boshlanishi bilan jamoani qayta qurishni boshladik, Villian esa men rejalarimga tajribasi va mahorati tufayli qo'shila oladigan o'yinchi edi.

U ketmoqda, men omad qilayman. Rahbariyat uning qolishi uchun bor kuchini ishga soldi", - deydi Lempard.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: chelseafc.com