Lempard "Chelsi" bosh murabbiyi bo'lishga yaqin

Alisher
14 iyun 2019, 10:43
Italiyalik mutaxassis Mauricio Sarri tez orada jamoadan ketadi.
Angliya terma jamoasi va "Chelsi" jamoalari sobiq futbolchisi Frenk Lempard "Chelsi"ga bosh murabbiy bo'lishi mumkin.


Bu haqda italiyalik Janluka Di Marcio xabar bermoqda. "Italiyalik mutaxassis 14 iyunda "Yuventus" bosh murabbiyi etib tayinlanishi kerak. Uning o'rnini Frenk Lempard egallaydi. Klub va futbolchi allaqachon muzokaralarni boshlab yuborishgan" - deyiladi manbada.

Frenk Lempard "Derbi Kaunti" bilan Chempionshipda 6-o'rinni egalladi. O'z o'rnida Sarri "Chelsi" bilan Premer-ligada 3-o'rinni qo'lga kiritdi. Shuningdek, jamoa Yevropa Ligasi g'olibiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com