Lemar og'ir jarohatdan qutulib qoldi

Sherzod Nurmatov
16 sen 2021, 21:54
"Atletiko Madrid" va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Toma Lemar Chempionlar ligasi doirasidagi "Portu"ga qarshi o'yinda (0:0) mushaklaridan jarohat oldi.

Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar bermoqda. Fransiyalik bugun tibbiy ko'rikdan o'tdi va unda mushaklarning shikastlanishi tasdiqlandi. Shu tariqa, u og'ir jarohatdan qutulib qolgani aytilmoqda.

Manbaga ko'ra, Lemarning tiklanishi taxminan 10-12 kun vaqtni oladi. U "Atletik", "Xetafe" va "Alaves"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

Qayd etilishicha, u "Barselona" va "Milan" bilan o'yinlarga tayyor bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo