Lekin bu fakt!

Omonjon To`xtamirzayev
23 fev 2018, 14:06
Yevropa Ligasi 1/16 final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Londonning "Arsenal" klubi safardagi ishonchli g'alabadan so'ng, kutilmaganda o'z uyida "Estersundga" yutqazib qo'ydi. Shunday bo'lsada, ikki o'yin natijasiga ko'ra, "to'pchilar" keyingi bosqichga yo'l oldilar.  

Qizig'i shundaki, shvetsiyaning "Estersund" jamoasi 1996 yil 31 oktyabrda tashkil topgan. O'shanda Arsen Venger "Arsenal" bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanganiga bor yo'g'i bir oy bo'lgandi. 

Kecha "Estersund" Londondagi "Emireyts" stadionida "Arsenal"ni mag'lub etdi - 2:1.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia