Legionerlar: Denisov va Ahmedov o'z jamoalari safida to'liq o'ynashdi

Narzulla Saydullayev
18 avg 2013, 14:18
Horij chempionatlarida to'p surayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasining bir nechta a'zolari o'tayotgan haftaning dam olish kunlari o'z klublari safida rasmiy o'yinlarda maydonga tushishdi.
ROSSIYA
17 avgust kuni Rossiya premer-ligasida 5-tur o'yinlari start oldi. Mahachqalaning Anji klubi sharafini himoya qilayotgan Odil Ahmedov mazkur turda safarda Zenitga qarshi uchrashuvda jamoa asosiy tarkibda maydonga tushdi va to'liq 90 daqiqa harakat qildi.
Moskvaning Lokomotiv klubi a'zosi, O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov Terekga qarshi kechgan o'yinda, asosiy tarkibda maydonga tushdi va u ham uchrashuvda to'liq 90 daqiqa harakat qildi.

QOZOG'ISTON
17 avgust kuni mart kuni Qozog'iston premer-ligasida Ikkinchi bosqich 1-tur start oldi.
Aktobe safida harakat qiladigan O'zbekiston terma jamoasining ikk nafar a'zolari – Aleksandr Geyrnix hamda Temur Kapadzelar ikkinchi bosqichning ilk turida safarda Ordabasi jamoasiga qarshi uchrashuvda o'z jamoalari safida asosiy tarkibda maydonga tushishdi va to'liq 90 daqiqadan harakat qilishdi. Ushbu uchrashuvda Ordabasi klubi 2:1 hisobida g'alaba qozongan.

XITOY
17 avgust kuni Xitoy superligasida ham 21-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchilardan biri - Kamoliddin Tojiev Jiangsu tarkibida safarda Dalyan Arbin klubiga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 90 daqiqa harakat qildi. jamoa qaydnomasiga kiritilmagan. Mazkur o'yinda Dalyan Arbin 1:0 hisobida g'alba qozongan.

Changchun Yatay klubi sharafini himoya qilayotgan Anzur Ismoilov 21-turda Guanchjou Evergrand jamoasiga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi. 2:1 hisobida Guanchjouning g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuvda Anzur Ismoilov to'liq 90 daqiqa o'ynagan.

Milliy terma jamoaga nomzod bo'lgan himoyachilardan biri Shavkat Mullajonov Xitoy superligasining 21-turida o'z jamoasi – Liaoning safida Shandong Lunen klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi va 90 daqiqa o'ynadi. O'yinda Shandong Lunen 2:1 hisobida g'alaba qozongan.

Janubiy Koreya
Janubiy Koreya K ligasi ishtirokchisi Seongnam Ilva Chunma klubi safida o'ynayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov Suvon klubiga qarshi o'tkazilgan 22-tur uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi hamda uchrashuvda to'liq 90 daqiqa harakat qilgan. O'yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakuniga etdi.

OZARBAYJON
17 avgust kuni Ozarbayjon premer-ligasida 3-tur o'yinlariga start berildi. Bokuning Neftchi klubi safida harakat qilayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Bahodir Nasimov 3-turda o'z maydonida Simurg' klubiga qarshi kechgan o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 55 daqiqada almashtirildi. Mazkur o'yinda Neftchi 1:0 hisobida g'alaba qozongan. Takidlash lozim, Neftchi o'tkazilgan 3 turning barchasida g'alaba qozonib, chempionat peshqadami bo'lib turibdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com