Legionerlar. Bugun Masharipov, Shukurov va G'aniev jamoalari o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
18 apr 2023, 14:47
Bugun, 18 aprel kuni O'zbekiston terma jamoasi a'zolari o'z klublari safidagi uchrashuvlarda ishtirok etishadi.

Turkiya

O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurovning "Karagyumruk" jamoasi Turkiya Superligasi 30-turida o'z maydonida chempionat autsayderlaridan biri "Umraniespor"ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 22:30 da start oladi. 

Ma'lumot uchun, "Karagyumruk" 37 ochko bilan 9-o'rinda borayotgan bo'lsa, "Umraniespor" 18-o'rinni band etib turibdi.


BAA

Aziz G'anievning "Shabab Al Ahli" klubi BAA Arab ko'rfazi ligasi 23-turida "Al Nasr" mehmoni bo'ladi. "Shabab Al Ahli" ayni paytda yetakchi bo'lib turgan bo'lsa, raqib 9-pog'onadan joy olgan. O'yin Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi. 


Saudiya Arabistoni

Jaloliddin Masharipovning "Al Nassr" klubi safarda "Al Hilol" bilan bahs yuritadi. Uchrashuv 00:00 da boshlanadi. 

Ma'lumot uchun, "Al Nassr" 53 ochko bilan ikkinchi, "Al Hilol" esa 46 ochko bilan to'rtinchi o'rinda boryapti.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia