Leau: "APLda o'ynash orzum - bu orzu barcha futbolchilarda bo'lsa kerak"

Mirjalol Normatov
16 may 2023, 21:32
"Milan" futbolchisi Rafael Leau kelajakdagi maqsadlari haqida gapirdi.

"APLda o'ynashni istayman. Bu orzu barcha futbolchida bo'lsa kerak. Chunki APL - dunyoning eng katta raqobatli ligasi. U yerda doimo quvnoq futbol o'ynashadi, kuchli jamoalar ko'p va butun dunyoda katta auditoriyaga ega.

A Seriyaning ham mavqei baland. Biroq men kelajakda APLda o'ynashni istayman. YCHL va "Oltin to'p"ni ham qo'lga kiritishni maqsad qilganman", - dedi Leau.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia