Laziz Ubaydullaev: “Metallurg”ga qarshi uchrashuv o'zgacha o'tadi"

Narzulla Saydullayev
2 apr 2016, 10:43
"Sho'rtan" yarim himoyachisi Laziz Ubaydullaev "Metallurg"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

-  Bu yilgi mavsumni biroz muvaffaqiyatsiz boshladik. Shuning uchun Bekobodda o'zimiz uchun ijobiy natijaga erishishimiz va eng birinchi galda fidoiy muxlislarimizni xursand qilishimiz kerak, - deydi “Oq bo'rilar” jamoasining tajribali futbolchilaridan biri Laziz Ubaydullaev “Metallurg” bilan uchrashuvdan oldin.

-  Dastlabki turlardagi mag'lubiyatlar jamoadoshlaringiz ruhiyatini tushirib yubormadimi?
-  Aslo yo'q. Negaki, biz professional sportchilarmiz. O'tgan uchrashuvlar esa tarixda qoldi. Endi barchamizning fikrimiz bo'lajak o'yinlarga qaratilgan.

-  Demak, yigitlar jangovor kayfiyatda, shundaymi?
-  Shubhasiz.

-  Shu o'rinda ko'pchilik “Metallurg” bilan o'tgan o'yinlar “Sho'rtan” uchun u qadar ham omadli bo'lmaganligiga urg'u beradi. Futbolchi sifatida bu holatga qanday qaraysiz?   

-  O'sha uchrashuvlarning aksariyatida o'zim ham ishtirok etganman. Lekin yuqorida aytganimdek, o'sha o'yinlar tarixda qoldi. Navbatdagi uchrashuv esa o'zgacha tarzda o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia