

Agar “Real” jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegini bo'shatsa, Mikael Laudrup uning o'rniga murabbiy bo'lishni Madrid klubiga taklif qildi.
Qayd etilishicha, Lopetegi “Barselona”ga qarshi kechadigan 28 oktyabrdagi uchrashuvda mag'lubiyatga uchraydigan bo'lsa, u jamoadan haydaladi.
Ma'lumot uchun, 54 yoshli Laudrup madridliklar safida 1994-1996 yillar oralig'ida to'p surgan. Murabbiy sifatida esa “Xetafe”, “Spartak Moskva”, “Malorka” va “Suonsi” kabi jamoalarda ishlagan.
Uning so'nggi klubi esa Qatarning “Al-Rayyan” bo'ldi.



