Laportning "Manchester Siti"ga o'tishi, uning birinchi jamoasini bankrotlikdan saqlab qoldi

Tolibjon Qosimov
9 fev 2018, 21:28
Qishki transfer oynasida Emerik Laport "Atletik"dan "Manchester Siti"ga o'tdi.

Bu transfer Laportning birinchi klubini bankrot bo'lishdan saqlab qoldi. Eslatib o'tamiz, francuz "shaharliklar" tarixidagi eng qimmat o'yinchiga aylandi.

Laportning birinchi klubi hisoblangan "Ajen" transfer summasining 1 %ni oldi. "The Telegraph" ma'lumotlariga ko'ra, o'sha bir foiz 650 ming evroni tashkil qilgan. Bu klubning yillik byudjetidan bir necha barobar ko'p degani.



Olingan pullar "Ajen"ni bankrotlikdan qutqarib qoldi. Hozir ushbu havaskor jamoa Fransiya sakkizinchi divizionida ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Telegraph