Laporta Pirloni "Barselona"da Kumanning o'rinbosari sifatida ko'rmoqchi. 5-6 nomzod bor, Konte, Koku va Xavi ular orasida (Xerard Moreno)

Alisher
21 sen 2021, 11:25
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Andrea Pirloni klubning yangi bosh murabbiyi etib tayinlamoqchi.

Bundan tashqari, "Yuventus" sobiq murabbiyi yagona nomzod emas.

Jurnalist Xerard Morenoning xabariga ko'ra, Ronald Kumanning o'rnini egallashga nomzodlar 5-6 nafar, jumladan Antonio Konte, Fillip Koku va Xavi.

Kuman 2020 yildan beri kataloniyaliklarni boshqaradi. Jamoa uning qo'l ostida Ispaniya Kubogini yutdi, La Ligada 3-o'rinni egalladi va Chempionlar Ligasida 1/8 finalda chiqib ketdi.

Kataloniyaliklar Chempionlar Ligasini o'z maydonlaridagi "Bavariya" (0:3)dan uchralgan mag'lubiyat bilan boshlashdi. Klub shundan so'ng Kumanni iste'foga chiqarmoqchi ekanligi haqida aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/gerardromero