Laporta klasiko haqida: "Barsa" g'alaba qozonadi, bunga ishonchim komil. Menda yaxshi tuyg'u bor"

Alisher
21 okt 2021, 18:24
"Barselona" prezidenti Joan Laporta La Liga doirasidagi "Real"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Menda yaxshi tuyg'u bor. Biz ikki o'yinni yutdik, o'yinchilar tiklanishmoqda, Fati va Aguero qaytishdi, biz muxlislarimiz qarshisida o'ynaymiz.

Muxlislarni tetiklashtirmoqchiman, sababi shou ajoyib bo'ladi. Agar "Real"ni yutsak, buni qayd etish ajoyib bo'ladi.

Men optimistik kayfiyatdaman va yutishimizga ishonchim komil", - deydi Laporta.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo