Laporta "Barselona"ga sobiq murabbiyni qaytarmoqchi. U 2013 yildan buyon hech qayerda ishlamagan

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2024, 16:07
"Barselona" Xavining o'rniga Frank Raykard nomzodini ko'rib chiqmoqda.

Marca nashri xabariga ko'ra, klub prezidenti Joan Laporta Raykard bilan bog'langan. Bundan tashqari, Joan Laporta Marko van Bastenni yordamchi murabbiy sifatida ko'rmoqchi.

Raykard "Barselona"ni 2003-2008 yillarda boshqargan. Uning qo'l ostida Kataloniya klubi ikki marta Ispaniya chempioni bo'lgan va 2006 yil YCHLni yutgandi.

61 yoshli niderlandiyalik murabbiy 2013 yil Saudiya Arabistoni terma jamoasini tark etganidan buyon hech qaysi jamoada ishlamayapti. 2016 yilda esa boshqa murabbiy bo'lib ishlamasligini e'lon qilgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com