Laporta: "Barselona"ga Ronalduni 17 mln. evro evaziga sotib olishni taklif qilishgan"

Aslanov Jasurbek
2 dek 2016, 12:12
"Barselona" sobiq prezidenti Joan Laportaning so'zlariga ko'ra, u o'z vaqtida Kataloniya klubi uchun Krishtianu Ronalduni xarid qilishi mumkin edi.

"Biz Ronaldinyo, Markes va Kuarejmani xarid qilganmiz. U paytda Ronaldu "Sporting"da o'ynardi. Biz uning agenti bilan Deku borasida muzokara o'tkazganmiz. O'shanda Dekuni xarid qilish uchun imkoniyatimiz yo'qligini aytdik. Shunda agent bizga boshqa kuchli futbolchini taklif qildi. U Ronaldu edi. Ular Krishtianuning "Manchester Yunayted"ga 19 mln. evro evaziga o'tishini kelishib qo'yishgandi, ammo "Barselona"ga uni 17 mln. evroga taklif qilishdi" - deydi Laporta.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport.es