

"U menga juda ham yoqadi, uning agenti bu haqda biladi. U ajoyib futbolchi. Men uni yaxshi ko'raman. Grizmanni unga almashtirish imkoniyati bo'lganmidi? Ha, bunday imkoniyat ko'rilgandi. Biz Feliksni o'z safimizga qo'shib olmoqchi edik, ammo "Atletiko" u bilan xayrlashishni xohlamaydi", - deydi Laporta.
Feliks 2019 yildan beri "Atletiko"da o'ynaydi.
22 yoshli portugaliyalik futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 4ta assist qayd etdi.



