"Lans" direktori: "Husanovning transferi o'ziga xos ramziy manoga ega"

Оқил Абдубарноев
24 iyul 2023, 21:01
"Lans" klubi boshqaruvchi direktori Arno Puil jamoaning yangi a'zosi - Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi.

"Bitim o'ziga xos ramziy manoga ega, chunki “Lans” safida ilk bor Markaziy Osiyodan tashrif buyurgan futbolchi o'ynaydi. Istedodli Abduqodirning harakatlari bizda katta qiziqish uyg'otdi. 19 yoshni qarshi olgan zabardast o'zbek yigiti xalqaro miqyosda o'yinni o'qish qobiliyati bilan allaqachon ko'zga tashlangan. 

Albatta, uning Fransiyaga kelishi hayotidagi katta o'zgarishlarga sabab bo'ladi. Shunga qaramay, himoyachining salohiyati va mustahkam integraciyalash qobiliyatiga ishonch hosil qildik. Shakllanib borishi uchun Husanov xodimlar va tajribali jamoadoshlarining ko'magi va yo'l-yo'riqlariga tayanishi mumkin bo'ladi", dedi Puil.

Eslatib o'tamiz, Abduqodir Husanov "Lans" bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: rclens.fr