

Mundo Deportivo xabar ko'ra, “Barselona” markaziy himoyachisi Kleman Langle YCHL bahslari yakuniga etganidan keyin jamoani tark etish niyati yo'q. 25 yoshli futbolchining xizmatlariga “Inter” qiziqish bildirmoqda, ammo futbolchining o'zi Kataloniya lubidan ketmoqchi emas.
Ma'lumotlarga ko'ra, “Barselona” rahbariyati ham Langleni o'z safida olib qolish niyatida. Chunki u juda ko'p jarohat olayotgan boshqa bir himoyachi Samuel Umtitiga nisbatan barqaror o'yin namoyish etmoqda.
Joriy mavsumda fransiyalik futbolchi La ligada 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



