Lamela "Tottenxem"dan kyetishga tayyor

Alisher
22 apr 2021
"Tottenxem" vingeri Erik Lamela London klubidan kyetishga tayyor.

Argentinalik futbolchi A Seriyaga qaytishni xohlamoqda, u oldin Italiya chempionatida "Roma" sharafini himoya qilgan.

29 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, Lamela Yevropaga, aniqrog'i "Roma"ga 2011 yilda "River Pleyt"dan o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Goal