Lam va Noyer terma jamoa qarorgohini tark etishdi

1 iyun 2014, 01:45
Filipp Lam va Manuel Noyer terma jamoa qarorgohidan Myunxenga qarab yo'l olishdi.

Bu ikki futbolchi Kamerunga qarshi kechadigan o'rtoqlik o'yinini o'tkazib yuborishadi. Lam va Noyer tiklanish jarayonini Myunxenda olib borishadi. 5 iyun kuni bu ikkala futbolchi terma jamoa safiga qo'shilishadi.

Germaniya terma jamoasi 7 iyun kuni Braziliyaga qarab yo'l oladi.


Manba: soccer.ru