Lam: "Biz g'alaba qozonishda davom etishimiz mumkin, ammo ko'p narsa omadga bog'liq"

17 iyul 2014, 00:27
Germaniya termasi sardori Filipp Lam jamoasining kelajakdagi muvaffaqiyati asosan omadga bog'liqligini aytib o'tdi.

So'nggi sakkiz yil mobaynida Germaniya terma jamoasi juda kuchli o'ynadi. Biz har bir musobaqada favoritlar qatorida edik va barcha turnirlarda kamida yarim finalgacha bordik. Bunday natijalarni hech bir jamoa uddalay olmadi va bizning bu muvaffaqiyatimiz davom etishiga ishonaman. Ammo ko'p narsa omadga bog'liq. Bizda tajribali futbolchilar etarlicha topiladi. Agarda kelajakda I Ispaniya termasi bilan uchrashsak, albatta ularga hurmat bilan qaraymiz. Yevropa chempionatida "qizil furiya" g'oliblikka asosiy da'vogarlardan biri bo'lishi shubhasiz.


Manba: soccer.ru