Lallana: "Sautgeyt meni JCH-2018ga olib ketmay, to'g'ri qildi"

Aslanov Jasurbek
25 iyul 2018, 09:53
Rossiyadagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Angliya terma jamoasi murabbiylar shtabidan taklif olmagan "Liverpul" yarim himoyachisi Adam Lallana Garet Sautgeytga etirozi yo'qligini aytdi.

"Albatta, xafa bo'ldim, chunki mundialga bormoqchi edim. Futbolchilar bazida shunday vaziyatlarga tushib qolishadi, ammo jamoani muxlis kabi qo'llab-quvvatladim. Do'stim Jordan Xenderson o'sha yerda edi va eng yaxshi futbolchilardan biriga aylandi. Jamoa yarim finalgacha yetib bordi.

Agar so'nggi mavsumdagi jarohatlarim bo'lmaganida Angliya terma jamoasi bilan turnirga borgan bo'lardim. Men qaytdim va yana yaxshi o'yin ko'rsatmoqchiman.

Garet menga qo'ng'iroq qilib, tarkibga qo'shmasligini aytdi, chunki formaga kira olmadim. Sautgeyt to'g'ri qildi deb o'ylayman" - deydi Lallana.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian