Lallana Milnerni "Brayton"ga o'tishga ko'ndirdi

Sherzod Nurmatov
9 may 2023
"Liverpul" yarim himoyachisi Jeyms Milner faoliyatini "Brayton"da davom ettiradi.

Bu haqda "Football Insider" xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, "Brayton" hujumchisi Adam Lallana 37 yoshli angliyalikni yozgi transfer oynasida jamoaga o'tishga ko'ndirgan.

Milner joriy mavsum barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider